"Barselona" markaziy himoyachisi Jyul Kunde "Alaves" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:1) jurnalistlar savollariga javob berdi.
Xavi Ernandes mavsum oxirida faoliyatini yakunlashini e'lon qilganidan so'ng, "Barsa" ikkala o'yinda ham g'alaba qozondi.
Biroq, Kundening so'zlariga ko'ra, taxminlarga qaramay, jamoa o'zini bo'shashtirmagan.
"Yo'q, biz Xavining bayonotidan keyin o'zimizni erkin his qilmayapmiz. Bugun biz dastlabki 30 daqiqada yaxshi o'ynadik, keyin esa raqiblar bizga bosim o'tkaza boshlashdi, biroq biz o'yin nazoratini ushladik va saqlab qoldik.
Biz himoyada yaxshiroq o'ynashimiz kerakligini tushunamiz. Bugun g'alaba qozonish uchun juda ko'p xarakter kerak edi va biz buni uddaladik. Muhim uch ochko”, dedi frantsiyalik futbolchi o'yindan keyingi intervyusida.
4-Fevral 2024,13:20