"Nyukasl" yarim himoyachisi Bruno Gimaraes jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
Evropaning turli top-klublari braziliyalik yulduzga anchadan beri qiziqish bildirishmoqda. 26 yoshli yarim himoyachi yanvar oyida "PSJ"ga o'tishi mumkin edi, ammo "Nyukasl" yana o'z etakchisini saqlab qoldi.
"Ba'zida odamlar men haqimda ko'p gapirishadi, lekin men futbolga bor e'tibor qarataman. Men “Nyukasl”da qo'limdan kelganini qilib, baxtli bo'lmoqchiman. Ba'zida odamlarning ketishim haqida gapirishlarini eshitishingiz mumkin, lekin bu erda hamma narsa menga yoqadi. Men hech qachon "Nyukasl"dagidek muxlislar bilan ishlamaganman. Ular shunchaki aql bovar qilmaydigan va men ular uchun ko'p mehnat qilaman. Umid qilamanki, bu klubda iloji boricha uzoqroq qolaman", - deb Gimaraes so'zlarini keltirmoqda Goal.
12-Fevral 2024,12:10