"Barselona"ning sobiq markaziy himoyachisi Jeremi Mate sobiq bosh murabbiyi Luis Enrike bilan munosabatlari qanday rivojlangani haqida gapirdi.
“Aytishim mumkinki, hammasi noaniq edi. U menga yaxshi munosabatda bo'lgan murabbiy edi, hatto shartnomamni imzolash borasida yashirincha uchrashdik. Biroq, bu murabbiy siz bilan ko'p gaplashmaydi va sizga ortiqcha ishonch bildirmaydi.
Men juda ko'p o'ynadim, shu jumladan muhim o'yinlarni ham, keyin zaxirada qoldim. Menga izchillik kerak edi. Men buni tushunmadim. Ammo u menga nima uchun bu sodir bo'lganini hech qachon tushuntirmadi. Balki vaqti bo'lmagandir, balki ish uslubi bo'lgandir. Yakunda men uchun oson bo'lmadi", - deya Matyo so'zlarini keltiradi beIN Sports.
Eslatib o'tamiz, Mate 2014 yildan 2017 yilgacha "Barselona"da o'ynagan. Bu davrda u barcha musobaqalarda 91 ta uchrashuvda qatnashib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
13-Fevral 2024,16:30