Hujumchi Usmon Dembele «Barselona»dagi faoliyati davomida qiyinchiliklarga duch kelganini aytib o'tdi.«Barselona» 2017 yilda Dembeleni 105 mln evroga xarid qilgandi. 2023 yilning yozida frantsiyalik futbolchi 50 million evro evaziga «PSJ» safiga o'tdi. «Hali 20 yosh bo'lgan paytimda «Barselona»ga kelganman. O'sha paytda professional faoliyatimni boshlaganimga endi 1,5 yil bo'lgandi. O'rganayotganim paytim bo'lgandi. «Barselona»da eng ko'p narsani o'rgandim. Ham professional futbol, ham shaxsiy hayt masalasida ko'p narsalarni bilib oldim. «Barselona»da eng ko'p qiynalganim bor gap. Qiyin davrlarni boshdan kechirganimni tan olaman. Keyin esa bosqichma-bosqich hammasi yaxshilanib bordi. Bu yosh futbolchining mantiqiy rivojlanish evolyutsiyasi.Ikkinchi yilda men jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy yolladim. U mening maydondagi harakatlarim va hayotimni o'zgartirdi. Biz mashg'ulotlarda va dam olish kunlari birga ishladik. Bu menga yordam berdi. Hozir «PSJ»da ham u men bilan birga. Biz jarohatlarga yo'liqmaslik ustida ishlayapmiz, zalda shug'ullanyapmiz», – dedi Dembele "Le Parisien" nashriga bergan intervyusida.26 yoshli futbolchi joriy mavsumda bitta gol urdi va 9 ta golga uzatma berdi.
14-Fevral 2024,12:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0