Saul "Barselona"ga qarshi o'yindan oldin himoyachi bo'lib mashg'ulotda qatnashdi
"Atletiko" yarim himoyachisi Saul LaLiga doirasida "Barselona"ga qarshi bahsda himoyachi sifatida qatnashishi mumkin.
25 yoshli futbolchi o'yin oldi mashg'ulotida qanot himoyachisi sifatida o'ynadi va katta ehtimol bilan bugun ham u shu poziciyada o'ynashi mumkin.
"Atletiko" - " Barselona" uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 01:00da start oladi.