"Barselona" prezidenti Joan Laporta va sport direktori Deku keyingi mavsumda Xavi o'rniga "Brayton" bosh murabbiyini tayinlashni ma'qul ko'rdi. De Zerbi vakillari Kataloniya klubi rahbarlari bilan deyarli uch soat davom etgan yig'ilish o'tkazishdi.
Kelishuvni yopishga asosiy to'siq – italiyalik murabbiyning tovon puli, ya'ni taxminan 10 million evro. Agentlar "Brayton" bilan kelishuvga erishish uchun biroz vaqt talab qilishdi. "Barselona" De Zerbining agentlariga agar ular bu masalani hal qilishsa, u 2024 yilning 1 iyulidan boshlab ispan jamoasini boshqarishini kafolatladi.
Roberto De Zerbining "Brayton" bilan bitimi 2026 yilgacha mo'ljallangan. Avvalroq Xavi Ernandes joriy mavsum yakunlanganidan so'ng "Barselona" bosh murabbiyi lavozimini tark etishini ma'lum qilgan edi.
17-Fevral 2024,23:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0