Kecha Ispaniya La Ligasida 0:0 hisobida yakunlangan Bilbaoning "Atletik" klubiga qarshi o'yinda "Barselona" yarim himoyachilari Frenki de Yong va Pedri jarohat oldi.
Jurnalist Xavi Migelning ma'lumotlariga ko'ra, de Yong kasalxonada taxminan 4 hafta qolishga majbur bo'ladi. Pedri esa o'z navbatida 5-6 haftaga safdan chiqdi. Shunday qilib, ikkala futbolchi ham aprel oyida mashg'ulotlarga qaytishi kerak.
Eslatib o'tamiz, noyabr oyida tizzasining xochsimon bo'g'imlarini jarohatlagan yarim himoyachi Gavi ham "Barselona" shifoxonasida davolanmoqda. Bir haftadan so'ng "ko'k-anorranglilar" "Napoli"ga qarshi Chempionlar ligasi finali 2-o'yinining javob uchrashuvida maydonga tushishadi. Birinchi o'yin Italiyada 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan edi.
4-Mart 2024,17:30