Italiyada o'tgan ilk bahsda Neapol jamoasi 1:1 natija qayd etgan edi. "Barselona"ga qarshi Chempionlar ligasi nimchorak final javob uchrashuvi 12 mart kuni bo'lib o'tadi.
"Napoli" egasi Aurelio De Laurentis jamoa keyingi bosqichga chiqsa, 10 mln. evro bonus va'da qildi.
De Laurentis jamoa 2025 yil AQShda o'tadigan klublar o'rtasidag JChda ishtirok etishini xohlamoqda. Unda qatnashadigan har bir ishtirokchiga 50 mln. evro mablag' kafolatlangan.
ChL chorak finaliga chiqish "Napoli"ga yo'llanmani taqdim etmaydi, ammo bu maqsadga yaqinlashtiradi.
Hozir janubliklar eng yaxshi 32 jamoadan biri bo'lish uchun "Yuventus"dan 5 ochko ortda qolishmoqda. "Napoli" "Barsa"ni mag'lub etsa 2 ochko oladi va keyingi bosqich uchun yana 1 ochko qo'shiladi. Bunday holatda "Napoli" chorak finalda 1 ochko olsa ham etadi.
Bundan tashqari, "Napoli" keyingi bosqichga chiqishi jamoaga 10,6 mln. evro mukofot puli keltiradi.
11-Mart 2024,23:45