"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes Chempionlar ligasi 1/8 finali javob uchrashuvida "Napoli" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:1) o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Uchrashuvda kataloniyaliklar umumiy 4:2 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi. Bugungi uchrashuvda gollarga Fermin Lopes, Joau Kanselu va Robert Levandovski mualliflik qilishdi.
“Men jamoa bilan faxrlanaman. Biz ajoyib o'yin o'tkazdik va vaziyatni nazorat qildik.
Mavsum so'ngida jamoadan ketishimni e'lon qilishim jamoadagi bosimni engillashtiradi, desam, odamlar ishonmadi, endi nimani ko'ryapmiz? Biz Chempionlar ligasining chorak finalida, Evropaning kuchli sakkiztaligi qatoridamiz. Bugun biz turnir darajasiga mos ekanimizni ko'rsatdik", - deya Xavining so'zlaridan iqtibos keltiradi Barca Universal.
12-Mart 2024,03:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0