Pau Kubarsi "Barselona"da o'ynash u uchun nimani anglatishini aytdi.
"Bu klubining futbolkasini kiyish - haqiqiy g'urur manbai. Lekin maydonga chiqqanimda yoshim haqida o'ylamayman.
Men o'zimni jamoaga yordam bermoqchi bo'lgan navbatdagi kuchli futbolchidek his qilyapman va borimni berishga harakat qilaman.
"Barsa"da o'ynaganingizda doimo sizda qo'shimcha bosim bo'ladi, chunki bu futbolkani kiyish dunyodagi eng muhim narsalardan biridir. Biz bosim ostida o'ynaymiz, lekin menimcha, bu bizni yaxshiroq qiladi.
Men doim Puyol va Pikeni kumirim deb ataganman. Puyol menga maydonda va undan tashqarida ishonch, ambitsiya va xarakter beradi.
U barchaga o'rnak bo'lishi kerak. Pike boshqacha inson. Men uni bolaligimda televizorda o'ynaganini ko'rganman va uning uslubi juda yoqardi.
Bizda juda ahil jamoa bor. Ronald Arauxo menga ayniqsa yordam beradi va Joau Kanselu eng qiziqarli o'yinchilardan biri", - dedi "Barselona"ning 17 yoshli himoyachisi.
19-Mart 2024,20:40