Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone endi hujumchi Joau Feliksni o'z jamoasi futbolchisi sifatida ko'rmaydi.
24 yoshli portugaliyalik joriy mavsum ijara asosida "Barselona"da harakat qilmoqda. Simeone Feliksdan yozgi mavsumoldi yig'ini boshlanishidan oldin Madrid klubini tark etishini talab qilmoqda. Bu haqda Sport.es xabar berdi.
Manbaga ko'ra, La Liganing 29-turidan o'rin olgan "Atletiko"ning uy stadioni "Tsivitas Metropolitano"ga so'nggi tashrifi chog'ida Feliks allaqachon madridliklar jamoasining ba'zi futbolchilari bilan xayrlashgan. Ta'kidlanishicha, Feliks "Atletiko"ning aksariyat futbolchilari bilan iliq munosabatda bo'lmagan.
Feliks ushbu mavsum barcha turnirlarda 34 ta o'yinda qatnashib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
25-Mart 2024,13:30