"Barsa" kelasi yozda moliyaviy muammolar tufayli transfer bozorida cheklangan bo'ladi.
Klub sport direktori Deku ijaraga olingan Joau Kanselu va Joau Feliksni, shuningdek, yana ikkita transferni saqlab qolish ustida ishlamoqda. "Barselona" yozda himoyachi, yarim himoyachi va chap qanot himoyachisini sotib olmoqchi. Ayni paytda faqat arzon variantlar ko'rib chiqilmoqda.
"Barselona" transfer bozorida faolroq bo'lishi uchun jamoaning hozirgi futbolchilaridan birini katta summaga sotishi kerak. Deku shunday kelishuvni uyushtirishga harakat qilmoqda. U ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan futbolchilar bilan bu borada bir necha bor uchrashuvlar o'tkazgan. Biroq ayni damda Deku tanlagan futbolchilardan hech biri "Barselona"ni tark etishni istamayapti.
16-Aprel 2024,15:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0