Frenki de Yong Chempionlar ligasi 1/4 doirasidagi "PSJ" bilan javob o'yiniga baho berdi.
“Barselona” o'z maydonida Parij klubiga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Umumiy hisobda "PSJ" turnirning yarim finaliga chiqdi. 29-daqiqada “Barsa” himoyachisi Ronald Arauxo maydondan chetlatildi.
"Biz 1:0 hisobida g'alaba qozonayotganimizda katta ustunlikka ega edik, lekin o'n kishi bilan "PSJ"ga qarshi azob chekishingiz aniq.
Biz borimizni berdik, lekin yakunda hech narsaga erisha olmadik. Qizil kartochka ko'rsatilgan lahzada darvozabonimiz to'pga yaqinroq o'ynashi kerak edi, voqeaning takrorini ko'rmadim, ammo shunday tuyg'u o'tdi.
Bu og'ir zarba, chunki biz oldinga borishimiz mumkinligiga amin edik. Qizil kartochkadan so'ng natija uchun kurashdik, ammo natija yaxshi bo'lmadi.
O'zimizni birlashtirib, keyingi mavsumda yaxshiroq o'yin ko'rsatishga harakat qilishdan boshqa chora yo'q", - dedi “Barselona” yarim himoyachisi.
17-Aprel 2024,10:50