Evropa Chempionlar Ligasining chorak finalida “Barselona” “PSJ”ga imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.O'yindan so'ng Parij klubi UEFAga shikoyat xati yo'lladi. Unda “Barselona” muxlislari tomonidan futbolchi Usmon Dembelega nisbatan irqchilik kayfiyatidagi ishoralar qilingani, haqoratlar bo'lgani aytib o'tilgan. Birinchi o'yindan oldin ham “Barselona”ning ikki muxlisi natsistik ishora qilgani uchun qo'lga olingandi. Natijada, UEFA “Barselona”ni 32 ming evro jarimaga tortdi. Shuningdek, keyingi bir yil davomida ushbu holat yana takrorlansa, “ko'k-anorranglilar” muxlislari navbatdagi mehmondagi o'yinga qo'yilmaydigan bo'ldi. Eslatib o'tamiz, yarim finalga yo'l olgan “PSJ” “Borussiya D” bilan final yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.
18-Aprel 2024,21:50