Kvaratsxeliya yangi mavsum "Barselona" futbolchisiga aylanishi mumkin
"Napoli" yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya "Barselona" safiga borib qo'shilishi mumkin.
Yaqin kunlar ichida futbolchining agenti Neapol shahri klubi rahbariyati bilan uchrashadi va mijozining "ko'k-anorranglilar" safiga ehtimoliy transferi borasida gaplashadi.
Eslatib o'tamiz, "Napoli" Xvichaga maoshi 1,5 milliondan 4 million evrogacha oshirilgan yangi shartnoma taklif qilgani haqida xabar berilgandi.