"Barselona" "Bavariya" vingeri Leroy Sanega qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Ispaniyaning El Chiringuito TV nashri.
Nashrning yozishicha, vingerning kataloniyaliklar jamoasiga olib kelish Xavining yozgi transfer oynasi oldidagi asosiy talablaridan biridir. Oldinroq "Barselona" prezidenti Joan Laporta Xavi kelasi mavsumda jamoada qolishini aytgandi.
Kataloniya klubi rahbariyati "Bavariya" rahbarlari bilan telefonda futbolchining ehtimoliy transferi haqida gaplashgan, ammo myunxenliklar "Barselona"dan rasmiy taklif olmagan.
28 yoshli germaniyalik futbolchining "Bavariya" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Nashrning yozishicha, futbolchi klub bilan shartnomani yangilashni istamayapti, shu bois “Barselona” rahbariyati futbolchini 40-50 million summaga sotib olishni kutmoqda.
Joriy mavsumda Sane myunxenliklar safida 39 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
26-Aprel 2024,18:20