"Xetafe" prezidenti Anxel Torres "Barselona" rahbari Joan Laporta bilan Meyson Grinvudning transferi haqida gaplashganini aytdi.
Forvard hozirda La Liga jamoasida ijarada o'ynamoqda va u yozda "Barsa"ga o'tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi.
Torresning so'zlariga ko'ra, Laporta undan Grinvud haqida so'ragan, ammo u forvard yana bir mavsum o'z jamoasida qolishiga umid qilmoqda.
"Atletiko"dan hech kim mendan Grinvud haqida so'ramagan. Men Migel Anxel (Xil) bilan gaplashdim, lekin boshqa narsalar haqida.
Shu ma'noda mendan futbolchi haqida so'ragan yagona odam Joan Laporta edi, lekin shartnoma imzolash uchun avval bor futbolchilarni sotib, balansni ushlash kerak, bu ispan futbolining muammosi", - dedi Torres.
Oxirgi mish-mishlarga ko'ra, "Xetafe" "Yunayted" bilan 22 yoshli futbolchining ijara muddatini uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.
7-May 2024,16:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0