"Barselona" Xavining chetlatilishi uchun 20 million evro tovon puli to'lashi kerak.
Avvalroq, "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi mavsum oxirida o'z lavozimini tark etishi va klub allaqachon uning o'rniga o'rinbosar qidirayotgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, agar "Barsa" murabbiy va uning xodimlarini bir tomonlama ishdan bo'shatishga qaror qilsa, ular 20 million evro miqdorida tovon puli to'lashlari kerak bo'ladi. Bu summa klubning hozirgi moliyaviy ahvoli nuqtai nazaridan muhim ekani aytilmoqda.
Agar mutaxassis o'z xohishi bilan ketishga qaror qilsa, unda kompensatsiya bo'lmaydi yoki klub qarori bilan ishdan bo'shatilganidan sezilarli darajada kamroq bo'ladi.
Qayd etilishicha, Xavining klub prezidenti Joan Laporta bilan uchrashuvi kelasi hafta bo'lib o'tishi kerak. Xabar qilinishicha, "Barsa" rahbari murabbiyning klubning moliyaviy ahvoli haqidagi gaplaridan norozi bo'lgan.
18-May 2024,11:10