Kataloniyaliklar oldinroq 22 yoshli futbolchiga qiziqa boshlagan edi, "Barselona" sport direktori Dekuning fikricha, Onana jamoani kuchaytira oladi. Klub futbolchi atrofidagi vaziyatni o'rganish uchun Amadu bilan bog'langandi, ammo "Everton" u uchun 60 mln. evro so'radi. Shu sababli "Barselona" kelishuv haqida o'ylamay qo'ygan edi.
Endi vaziyat o'zgargan, chunki "Everton" moliyaviy feyr-pleyga amal qilish uchun 30 iyungacha ba'zi futbolchilarni sotishga majbur.
"Everton" eng yaxshi futbolchilarini arzonga sotmoqchi emasdi, ammo klub vaqt va takliflar kamligi uchun bosim ostida qolyapti. "Barselona" vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Xansi Flik Onana transferiga rozi, futbolchi ham faoliyatini "Kamp Nou"da davom ettirmoqchi. Biroq "Barselona"da moliyaviy muammolar bor: Klub 30 iyungacha transfer oynasida faollik qila olmaydi. Amaduning narxi vaziyatni o'zgartirishi mumkin.
Onanaga "Bavariya" ham qiziqish bildirgan. Ma'lumotlarga ko'ra, Deku agentlarga "Barsa" 40 mln. evro sarflashga tayyorligini aytgan.
Joriy mavsum Onana 37ta bahsda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.
1-Iyun 2024,15:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0