"Barcelona" sardori Lionel Messi "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu bilan "Oltin to'p"lar soni bo'yicha bahsi haqida gapirdi.
- Bir tomondan "Oltin to'p"ni besh marta qo'lga kiritgan yagona futbolchiga aylanganimdan mag'rurlangandim. Bu borada Krishtianu men bilan tenglashib olganda biroz xafa bo'lganimni tan olaman. Men endi eng yuqorida bir o'zim emasdim. Lekin, bu mantiqan to'g'ri, shu bilan birga bir o'zing bo'lgan paytingda yoqimli ham edi.
- Siz tarixdagi eng yaxshi o'yinchimisiz? - Ochig'i, nimadir deyish qiyin. Boshqa davrlarda ajoyib o'yinchilar bo'lgan. Ularni zamonaviy futbolchilar - Krishtianu, Neymar, Mbappe bilan tenglashtirish qiyin. Ularning har birida o'ziga yarasha ustunliklari bor. To'g'risi, men futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchimanmi yoki yo'q, bilmayman. "Oltin to'p"ni bir marta ko'p, yani 6 marta yutganim - omadim. Bu esa meni xursand qiladi, - deya Messining so'zlarini keltirdi "France Football" bosma nashri.
4-Dekabr 2019,11:15
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0