Sening ismingni Er deb atalmish sayorada eshitmaganlar kam topiladi.Sening suratinga qarab, kimligingni tanimaydigan erkaklar ham kam topiladi.Sen bitta koptok orqasidan yugurib, butun dunyoda mashhur bo'lgan shaxssan.Aslida esa, sening qandayligingni juda kam insonlar yaxshi bilishadi va nima uchundir, seni milliardga yaqin insonlar tan olishganini, oddiy qabul qilasan. Sababi, sen maydonda ko'rsatgan hunarlar, sen uchun oddiy “uddalayman” ishlar toifasiga kiradi. Boshqalar, shu ishlarni uddalashi uchun, aniq reja asosida, kunu tun mehnat qilishadi.Sen futbol deb atalmish o'yinni, oltin qoidasini buzgan shaxssan!Futbolda – asosiysi G'alaba va Natija emas, Futbolda asosiysi San'at va Estetik Go'zallik yuqori baholanishini yana bir bor isbotlab qo'ygan tirik dahosan!Bu bahoni, senga futbolni miridan sirigacha to'g'ri talqin qilib tushunadigan, jurnalist deb atalmish ijod vakillari berishdi!Cening hozir ham, shu yoshda yuqori darajada o'zingni ushlab turishinga — sening kamtar tabiating, oilaparvarliging va yoshligingdan kattalar zimmasiga tushadigan sinovlarni engib o'tganing poydevor bo'lgan va... albatta, so'zsiz, Krishtianu Ronaldu!Ha, aynan Krish sen bilan galaktik raqobat tufayli, o'z ustida kunu tun ishlab, senga etib olgan va gohida o'zib ketgan davrlarni ko'rdik!Va sen, yana o'zingga xos kamtarlik, doimo xotirjam nigoh va ma'sum tabiating bilan, yana bir bora birinchi bo'lding! Leo bir narsani unutma!Senga raqobat qilgan “Golland Terminatori” Virjil van Deyk, “Senegallik Kambag'allar Do'sti” Sadio Mane... "Polshalik Pulemyot” Robert Levandovski, “Misrlik Sehrgar” Muhammad Saloh, “Britan Ekspressi” Rahim Sterling, “Argentinalik Kichik Shahzoda” Serxio Kun Aguero, “Buyuk Kamtar” Ngolo Kante va so'zsiz Krish — bular senga munosib raqobatchilardir!Men o'tgan davrlarda senga raqobatchi bo'lgan “Buyuk Impressionist” Andreas Inesta va “Kataloniyalik Dirijyor” Xavi, “Marsellik Napoleon” Frank Bilol Riberi, “Golland Rafaeli” Aren Robben, “Elektro” Oliver Noyer va boshqa buyuk munosiblar haqida gapirmadim ham... Ular aslida sendan mahorat bobida sendan qolishmaydi, hatto, ayrim o'yinlarda, sendan ko'ra yaxshiroq natija va chiroyliroq o'yin ko'rsatishgan!Lekin, jurnalistlar Seni tanlashdi!Bu xuddi, sening otdoshing bo'lmish buyuk Da Vinchi chizgan “Mona Liza - Jokonda” kartinasidagi go'zal tasnifiga to'liq javob bermaydigan beva ayolni surati, nega haligacha eng qimmat kartina hisoblanib kelinishi haqidagi bahsga o'xshab ketadi.Sirli nim tabassum Jokonda nigohida, har kim o'zi uchun ichki bir kichik o'xshashlik, yaqinlikni topadi, estetik zavq oladi. Bu buyuk Leonardo da Vinchini mahoratini siri!Sen esa, maydonda har gal, bor mahorating va sa'natingni, yangi ranglarda va rakurslarda tasvirlaysan! Kichik bir vaziyat va keskin vaqtda, nimani yaratishing, faqat o'zinga ayon!Sen buni hammani lol qoldirish uchun yaratmiysan, yo'q, aslo bunday emas!Sen buni, uddalay oladigan ishing bo'lgani uchungina yaratasan!Sen san'atda o'zingni ko'rmaysan, aksincha, o'zingdagi sa'natni namoyish qilasan!San'at esa doimo qadrlanib kelgan!De gustibus non est disputandum yoki Didlar haqida esa, bahslashilmaydi!Futboldagi “Oltin Qoidani” buzgan va oltinchi bor “Oltin to'p”ga munosib ko'rilganing muborak bo'lsin, buyuk va kamtar Leo!Furqat Qurbonov
4-Dekabr 2019,11:50