"Barselona" mashhur qilgan Barselona shahri ancha chiroyli va shu bilan birga xunuk tabiatli insonlarga to'lib ketibdi. Bejizga klub "ranglilarni" ochiqchasiga bayramlari bilan tabriklamas ekan, shaharda ular shu qadar ko'pki, yana bu erga kelish fikridan qaytdim. Lekin ularni olib tashlasangiz, bu dunyodagi eng chiroyli va tartib bilan qurilgan shaharlardan biri hisoblanadi.
Tabiiyki bu erga kelib "Nou Kamp"dan xabar olmasdan iloj yo'q. Stadion deyarli yarmigacha buzib tashlangan. Dastlabki rejaga ko'ra rekonstruktsiya ishlari yil so'nggiga qadar bitirilishi kerak edi. Keyinchalik muddat o'zgardi, agar ish yaxshi ketsa 2026 yilga kelib jamoa yana o'z maydonida o'ynaydi.Jamoaning muzeyi ham qisqartirilgan tartibda ishlayapti. Ko'plab tomoshabop buyumlar yo'q. 1992 yil aynan Barselona Olimpiadasida afsonaviy Oksana Chusovitina yirik musobaqadagi birinchi medalini yutgan edi. Bo'lib ham, oltin! Afsus u jarohati tufayli Parij Olimpiadasida qatnasha olmaydigan bo'ldi.
Lionel Messining yutgan "Oltin to'p"lari
"Barselona" yutgan Chempionlar ligasi kuboklari
Marhum Yoxan Kroyf uchun atalgan burchak
Karles Puyol va Ronaldino "birga" suratga tushib oldim
Robert Levandovskining sotuvdagi formalari
"Barselona"ning yangi stadioni mana shunday bo'ladi
2-Iyul 2024,20:00