«Barselona»ning yangi mavsumdagi sardorlari ma'lum bo'ldi. Darvozabon Mark-Andre ter Shtegen klubning yangi sardoriga aylanadi. Serji Roberto jamoani tark etgach, sardorlik bog'ichi germaniyalik posbonga topshiriladi. Bunda Ter Shtegenning yangi bosh murabbiyi Xans Flik bilan til borasidagi muammoga duch kelmasligi ham muhim rol o'ynaydi. Frenki de Yong va Ronald Arauxo "Barsa"ning vitse-sardorlariga aylanadi. Ushbu ro'yxatga yana bir o'yinchi qo'shiladi. So'nggi yillarda sardorlar jamoa orasida ovoz berish orqali aniqlanib kelayotgandi. Ayni paytda "Barsa"ning to'rtinchi sardori vazifasiga Robert Levandovski va Pedri nomzod bo'lib turibdi. Flik bu borada polshalik futbolchi nomzodining nomzodini ustun qo'ymoqchi. Ammo o'yinchi Pedrini tanlashsa, murabbiy bu qarorga e'tiroz bildirmaydi. «Barselona» sardorlari Gamper kubogi bahsidan keyin aniqlanadi.
26-Iyul 2024,06:20