"Inter" darvozaboni Xosep Martines sevimli futbolchilari haqida gapirdi.
26 yoshli darvozabon ushbu mavsum oralig'ida "Jenoa"dan "Inter"ga ko'chib o'tdi.
– Bolalikdagi sevimli futbolchiingiz?
– Albatta Kanisares, “Valensiya”ning afsonaviy darvozaboni. Keyin, men katta bo'lganimda, Kasilyas. U men uchun namuna.
– “Barselona”dagi tajribangiz haqida gapirib bersangiz?
- Men 17 yoshda edim va meni u erda sinov muddatiga chaqirishdi. Bu ikki yil davomida men ko'p narsalarni o'rgandim. Nafaqat futbol, balki u erda o'rgangan qadriyatlarim ham. O'ylaymanki, bu mening faoliyatimdagi eng katta qadam bo'ldi.
- Siz o'rgangan eng muhim saboq va kimdan?
- "Las-Palmas"da 20 yoshimda asosiy tarkibda o'ynay boshladim va men Ispaniya uchun yangi Kasilyasga aylangandek tuyuldi. Hammasi yaxshi ketayotgandi, keyin jarohat oldim, bu meni bir necha oyga maydonga tusha olmadim. Bu menga odamlarning tashqaridan aytganlari har doim ham yaxshi emasligini anglab etdi.
Tashqaridan shovqin-suronga quloq solmasdan, o'z yo'lingdan borish kerakligini angladim", - dedi "Inter" darvozaboni Xosep Martines.
1-Avgust 2024,18:40