"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde yana bir bor o'zining sevimli pozitsiyasi haqida gapirdi.
Kataloniya grandining sobiq ustozi Xavi Ernandes uni markaziy himoyachi pozisiyasida emas, balki o'ng qanotda qo'llagani frantsiyalik futbolchining noroziligiga sabab bo'lgan va bu haqida matbuotda tez-tez xabarlar chiqqan.
Endi futbolchining o'zi agar Xans-Diter Flik talab qilsa, markazda ham, qanotda ham o'ynashga tayyorligini tan oldi.
"Men Flikka ikkala pozitsiyada ham o'ynay olishimni aytdim. Men o'ng qanotda yaxshiroq ko'rindim, ammo baribir himoya markazida o'ynashni afzal ko'raman", - deya Kundening so'zlarini keltiradi Jijantes.
Bu mavsumda Jyul Kunde o'ng qanotda birinchi tanlov sifatida ko'rib chiqilishi ehtimoldan holi emas, chunki klub Serxi Robertoni yo'qotdi va Joau Kanseluni ortga qaytara olmadi.
6-Avgust 2024,09:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0