"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong yozda faoliyatini "Manchester Yunayted"da o'tkazishi mumkin, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Angliya klubi niderlandiyalik futbolchini sotib olishga qiziqishni kuchaytirdi. "Mankunianliklar"ning 50 million evrolik birinchi taklifi rad etildi, biroq kataloniyaliklarning yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishdagi qiyinchiliklari haqidagi ma'lumotlardan so'ng ular yarim himoyachini qo'lga kiritish uchun yana urinib ko'rishga tayyor.
Oldinroq "Barselona" 55 million evroga sotib olingan yangi futbolchi Dani Olmoni ro'yxatdan o'tkaza olmagani ma'lum bo'lgandi. Moliyaviy feyr-pleyga rioya qilish uchun u 60 millionlik futbolchilarni sotishi kerak. Shu sababli klub de Yong bilan xayrlashishga tayyor.
Dastlab "Barselona" niderlandiyalik futbolchining narxini 70 million qilib belgilagandi.
14-Avgust 2024,09:30