"Barselona" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan sobiq jamoasiga qaytishga qiziqmoqda.
Agar mish-mishlarga ishonadigan bo'lsak, nemis futbolchisi yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar "blaugrana"ni tark etishni rejalashtirmoqda. "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Gyundogan qolishiga ishonsa-da, yarim himoyachining yaqin orada ketishi haqida gaplar davom etmoqda. Bundan tashqari, LaTDT xabariga ko'ra, 33 yoshli futbolchi "Manchester Siti" bilan bog'lanib, uning ehtimoliy qaytishini muhokama qilgan. "Shaharliklar" rahbariyati ushbu variantni ko'rib chiqishga tayyor.
Ilkay Gyundogan 2016 yildan 2023 yilgacha "Manchester Siti"da o'ynagan, shundan so'ng "Barselona"ga o'tgan. Yarim himoyachining amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.
18-Avgust 2024,08:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0