Frenki de Yong ehtimoliy jarohatdan qo'rqdi.
«Barselona» yarim himoyachisi La Liganing 13-turidan o'rin olgan «Sosedad»ga qarshi o'yinda (0:1) tanaffus vaqtida almashtirildi. U ikkita zarba oldi - boldir va to'piqdan.
"Diario Sport" xabariga ko'ra, niderlandiyalik futbolchi kiyinish xonasida juda xafa bo'lgan va hatto yig'lab yuborgan. U chap oyog'ining tizzasiga yaqin joyida qattiq og'riqni sezayotgan edi va murabbiylar shtabi tavakkal qilmaslikka qaror qildi.
Qayd etilishicha, yarim himoyachi hali o'ziga bo'lgan ishonchni to'liq tiklagani yo'q va o'yinga 100 foiz tayyor emas. U jarohat olishdan qo'rqib maydonga tushadi, shuning uchun ham raqibiga dribling qilish kabi ba'zi harakatlarni qilishga urinmaydi.
De Yong «Sosedad»ga qarshi o'yinda jiddiy jarohatdan qutulib qoldi va Niderlandiya terma jamoasiga yo'l oldi.
13-Noyabr 2024,11:10
O'qildi: 37 - Fikirlar: 0