Yarim himoyachi Frenki de Yongning shartnomasi "Barselona" uchun muammoli mavzu bo'lib qolmoqda.
Bir yildan ko'proq vaqt oldin klub niderlandiyalik futbolchiga yuborgan yangi shartnoma bo'yicha taklif o'z ahamiyatini yo'qotdi - futbolchi unga javob qaytarmadi. Shu bilan birga, Diario Sport nashriga tayanib, Barca Universal xabariga ko'ra, "Barselona" de Yongga shartnomasining oxirigacha kutishga va 2026 yilda erkin agent sifatida ketishiga ruxsat bermaydi. "Ko'k-anorranglilar" rahbariyati 27 yoshli yarim himoyachi shartnomani uzaytirishga qaror qilmasa, uning yuqori maoshidan tezda qutulish uchun hamma narsani qiladi.
Frenki de Yong Xans-Diter Flik jamoasida o'nta o'yinda ishtirok etdi. Futbolchi jarohati sabab mavsum boshini o'tkazib yubordi.
3-Dekabr 2024,05:40