Ispaniya La ligasining 7-turidan o'rin olgan "Barselona" — "Malorka" o'yinida (5:2) mezbonlar darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen bitta golga uzatma berdi. Bahsning 7-daqiqasida mehmonlar hujumchisining noaniq zarbasidan keyin, oldingi chiziqda Grizmann ochiq turganini ko'rgan germaniyalik posbon to'pni darhol darvoza maydoniga o'rnatdi va Antuan tomon tepdi. Markaziy chiziqdagi himoyachi to'pni qaytara olmadi va Grizmann darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib, to'pni darvozabonning ustidan oshirib, to'rga joylab qo'ydi.Avvalroq, sentyabr oyida "Xetafe"ga qarshi bo'lib o'tgan bahsda ter Shtegen Luis Suaresga golli uzatma bergan edi. Shu tariqa, "Barselona" darvozaboni ushbu mavsumda golli uzatmalar soni bo'yicha "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu (1ta)ni ortda qoldirmoqda. "Asrenal" yarim himoyachisi Mesut O'zil hisobida 2ta assist bor.Mark-Andre ter Shtegen golga assistentlik qilish bo'yicha "Barselona"ning XXI asrdagi yagona darvozaboni hisoblanadi.
8-Dekabr 2019,08:50