"Barselona" rahbariyati Xansi Flik bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Diario Sport nashrining ta'kidlashicha, kataloniyaliklar murabbiyning o'zi kabi bu masalani mavsum davomida muhokama qilishni istamaydi, biroq klub nemis murabbiyi bilan keyingi chempionat boshlangunga qadar kelishuvga erishmoqchi. Amaldagi kelishuv 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Qayd etilishicha, hatto "Barselona" ham Flik qo'l ostida natijalar bunchalik tubdan o'zgarishini kutmagan edi. Rahbariyatning fikricha, Xans-Diter bo'lajak jamoani qurishda asosiy element bo'ladi va murabbiyning o'zi ham uning klubda, ham shaharda qolishidan mamnun.
Muzokaralar muammosiz davom etishi va germaniyalik mutaxassisning maoshi oshishi kutilmoqda. 2024 yilda u hamkorlikni rasmiylashtirishda ma'lum yon bosishlarga majbur bo'lgandi.
17-Yanvar 2025,05:20