Suares eng kuchli beshta hujumchi nomini aytdi
Yaqindagina Katoloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Luis Suarez “Bearfootball” nashri uchun kichik intervyu berib o'tdi. Qizqarli o'tgan suhbat davomida qahramonimip o'zi yoqtirgan 5 ta hujumchilarni tartib bilan sanab o'tdi. Hozir uning fikrlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Men sen yoqtirgan 5 ta hujumchi nomini bilmoqchiman. Ularni pastdan tepaga qarata tartib bilan sanashing va nega aynan shu hujumchilarn tanlaganinga izoh berishing shart?!
Unday bo'lsa, 5-o'rinni Ramarioga beraman.
Senga uning o'yinidagi eng yoqqan hislat nima?
Menga uning yakunlovchi palladagi o'yinni manzur keladi. Undan so'ng, Ronaldoni qayd etgan bo'lar edim. Haqiqiysini! Aynan fenomenni 4-pog'onaga joylashtiraman. U haqiqatdan ham kuchli hujumchi edi. Bundan tashqari, u o'yin chog'ida juda keskin va tezkor edi. Shuningdek, u juda aqlli futbol namoyish etar va Ramario singari so'nggi zarbada betakror mahorat namoyish etar edi.
3-o'rinni o'zim uzoq vaqt birga to'p surgan futbolchiga bermoqchima. U Diego Forlan. Men u bilan terma jamoa safida birga to'p surganman. Ajoyib o'yinchi. Uning o'yinga bo'lgan qarashi yorqin edi. Eng muhimi esa, u jamoaga o'ynaydi. U ko'p gol kirituvchi hujumchilar sirasiga kiradi. Forlan istalgan masofadan gol kiritishi mumkin. Uni juda sifatli hujumchi deb bilaman. 2-o'rinni esa, Batisutaga beraman.
Batigol?!
Ha albatta, u mening eng yoqtirgan futbolchilarimdan biri. Yoshlik chog'larimda aynan uning o'yinlarini kuzatib borar edim. U maydonda 9-raqam vazifasini ajoyib tarzda uddalar edi. Jarima zarbalarini ham yahshi ijro etar va jamoaviy o'yinga moslashgan hujuchi edi. Eng muhimi esa, u shaxs sifatida menga juda manzur keladigan inson.
Va nihoyat birinchi o'rin. Bu albatta Lionel Messi! Sababi, u dunyoning eng yahshi futbolchilaridan biri.
Hozir sen nomini tilga olgan futbolchilardan ikkitasi Forlan va Messi bilan aloqalaring yahshi. Bu maydonda juda muhim?!
Ha albatta, siz maydon ichida va tashqarisida aloqada bo'lsangiz birga to'p surish osonlashadi. Bu faktor o'yin davomida yaqqol sezilib qoladi.
Sen hech Batistuta sinari soch o'stirishni va u kabi turmaklashga urunib ko'rganmisan?
Bo'lmasamchi, men bunga urunib ko'rganman. Afsuski, natija men kutgan darajada chiqmagan.
Coutinho_14
9-Dekabr 2019,06:54
9-Dekabr 2019,06:54
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (288/+0)
Yangiliklar (30188/+14)
UzFIFA Yangiliklari (22.11.2024)
Futbol TV Yangiliklari (22.11.2024)
ONLINE TV (47) LIVE
Forum (20 / 165)
So'ngi izohlar (9690/ +0)
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1660 / +1)
Eng ko'p o'qilgan
17-Noyabr
10:10
18-Noyabr
18:10
19-Noyabr
06:30
Niko Uilyamsni "Barselona"ga o'tkazish bo'yicha kelishuvdagi asosiy to'siq ma'lum bo'ldi
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)