"Barselona" Messi voqeasi takrorlanmasligi uchun Yamalga progressiv shartnoma taklif qilmoqchi

Lamin Yamalning "Barselona"dagi kelajagi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Diario AS nashri xabariga ko'ra, Kataloniya klubi rahbariyati 17 yoshli futbolchiga Lionel Messi bilan sodir bo'lgan voqeaning oldini olish uchun maoshini bosqichma-bosqich oshirib boruvchi progressiv shartnoma taklif qiladi.
Eslatib o'tamiz, 2021 yilda "Barselona" moliyaviy muammolar tufayli argentinalik futbolchining yangi shartnomasini ro'yxatdan o'tkaza olmagandi. "Barselona" Messi bilan shartnomani 8 marta uzaytirgan, har safar futbolchining maoshini oshirgan.
Yamalning kataloniyaliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt futbolchining narxini 180 million evroga baholamoqda.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (311/+0)
Yangiliklar (34962/+12)
UzFIFA Yangiliklari (29.10.2025)
Futbol TV Yangiliklari (29.10.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1817)
Eng ko'p o'qilgan
26-Oktyabr
16:50
29-Oktyabr
19:40
25-Oktyabr
18:30
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





592