2024/25 mavsumi Chempionlar Ligasi pley-off o'yinlari qur'asi 31 yanvar kuni Nonda o'tkaziladi. Marosim 31 yanvar kuni 16:00da boshlanadi.Qur'a tashlash tartibi— Umumiy bosqichda eng yaxshi 8 jamoa to'g'ridan-to'g'ri 1/8 finalga yo'l oladi.— 9-24-o'rinlarni egallagan jamoalar 1/8 finalga chiqish uchun pley-off o'yinlarini o'tkazadi.— 9-16-o'rinlardagi jamoalar "kuchlilar guruhi"ga, 17-24-o'rinlardagi jamoalar "kuchsizlar guruhi"ga ajratiladi.— "Kuchlilar guruhi"dagi jamoalari javob o'yinlarini o'z maydonida o'tkazadi.— Juftliklar jamoalarning umumiy bosqichdagi o'rniga qarab shakllantiriladi:- 9-10-o'rinlar 23-24-o'rinlar bilan;- 11-12-o'rinlar 21-22-o'rinlar bilan;- 13-14-o'rinlar 19-20-o'rinlar bilan;- 15-16-o'rinlar 17-18-o'rinlar bilan to'qnash keladi.Pley-off g'oliblari 1/8 finalga yo'l oladi va eng kuchli 8 jamoaga qarshi bahs olib boradi.Qur'ada ishtirok etuvchi jamoalarQur'ada 9-24-o'rinlarni egallagan jamoalar ishtirok etadi.Qur'a tashlash tartibi- Qur'ada 8 ta maxsus idish tayyorlanadi.- Birinchi navbatda "kuchsizlar guruhi"dan tartib raqami 23 va 24 bo'lgan jamoalar savatga solinadi. Birinchi bo'lib nomi chiqqan jamoa setkaning bir tomoniga, ikkinchisi setkaning ikkinchi tomoniga joylashtiriladi. Shu tariqa, yana 3 ta juftlik uchun (21 va 22, 19 va 20, 17 va 18) qur'a tashlanadi va jamoalar o'z joylarini egallaydi. Shundan so'ng, "kuchlilar guruhi" uchun qur'a tashlanadi. 15-16 dan boshlab, 9-10 gacha.Bir davlat jamoalari o'zaro to'qnash kelishi mumkinmi?Ha, bu bosqichda bitta davlatdan bo'lgan jamoalar bir-biriga tushishi mumkin.Pley-off o'yinlari qachon o'tkaziladi?- Birinchi o'yinlar: 11-12 fevral 2025 yil - Javob o'yinlari: 18-19 fevral 2025 yil Har bir klub bir o'yinni seshanba, ikkinchi o'yinni chorshanba kuni o'tkazadi. Evropa Chempionlar Ligasi pley-off taqvimi:- Pley-off qur'asi: 31 yanvar 2025 yil - Pley-off o'yinlari: 11/12 va 18/19 fevral 2025 yil - 1/8 final qur'asi: 21 fevral 2025 yil - 1/8 final: 4/5 va 11/12 mart 2025 yil - Chorak final: 8/9 va 15/16 aprel 2025 yil - Yarim final: 29/30 aprel va 6/7 may 2025 yil - Final: 31 may 2025 yil (Myunxen)
31-Yanvar 2025,09:30
O'qildi: 74 - Fikirlar: 0