Neymarning tez orada "Barselona"ga qaytishi haqidagi mish-mishlar tobora kuchayib bormoqda.
Braziliyalik futbolchi yaqindagina o'zi uchun qadrdon bo'lgan "Santos"ga o'tgandi, biroq futbolchining shartnomasi iyulgacha mo'ljallangan, shuning uchun u kelasi yozda, agar da'vogarlar topilsa, Evropada yana o'ynashi mumkin bo'ladi. Xabaringiz bor, 33 yoshli hujumchi "Barselona"ga qaytishni orzu qilmoqda - u "ko'k-anorranglilar" safida o'ynashga yana loyiqligini isbotlamoqchi. «Barca Universal» nashri tarqatgan xabarga ko'ra ayni damda kataloniyaliklar grandi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Neymarni qo'lga kiritish variantini ma'qullamayapti.
Yulduz hujumchi 2013 yildan 2017 yilgacha "Barselona"da o'ynagan, shundan so'ng u "PSJ"ga rekord darajadagi 222 million evroga sotilgan.