“Barselona” klubi bosh murabbiyi Hansi Flik “Rayo Valekano”ga (1:0) qarshi o'yindan keyin fikrlarini bildirdi.Murabbiy kuchli raqibga qarshi juda qiyin o'yin bo'lganini aytdi. “Xursandmiz. O'yinchilar juda mamnun. Xavotirga solgan vaziyatlar ham bo'ldi. O'ylaymanki, bugun juda yaxshi o'ynadik, lekin ko'prog'iga qodirmiz. Ular 9 ta o'yinni mag'lub bo'lmasdan o'tkazishgandi va menimcha, bugungi o'yin biz uchun katta yutuq bo'ldi. 1-o'ringa ko'tarildik va bu — muxlislar uchun yaxshi yangilik. Biz qaytdik va bundan juda xursandmiz”, — deydi germaniyalik mutaxassis.Flik raqibning bekor qilingan golida epizodni qayta ko'rmaganini aytdi. “VAR bor edi va men unga ishonaman. Bahsli lahzalar haqida faqat shuni ayta olaman”, — deya murabbiy.Ma'lumot uchun, ushbu g'alabadan so'ng “Barselona” La Liga turnir jadvalida 1-o'ringa ko'tarildi.