"Barselona" vingeri Lamin Yamal ispan futbolida muhokama qilinayotgan hakamlik darajasi kabi mavzu bo'yicha fikr bildirdi.
Yamal "Real" va La Liganing boshqa top-klublariga hakamlardan shikoyat qilmaslikni maslahat berdi.
"Biz "Xetafe"ga qarshi o'ynaganimizda, hakam Kundeni tortib qilishgani uchun penalti bermagan edi, "Rayo Valekano" bilan o'tgan o'yinda esa Martines bilan shunday vaziyatda penalti oldik. Menimcha, "Barselona," "Real" va "Atletiko" hakamlardan shikoyat qilmasligi kerak, chunki hakamning har bir qarori ko'p muhokama qilinadi. Hakamlar mening fikrimcha qo'llaridan kelgancha harakat qilishadi. "Leganes" yoki "Alaves" kabi jamoalar ham bahsli qarorlarga duch kelishi mumkin, ammo ular haqida gapirilmaydi," - deya Yamalning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.