Ispaniya terma jamoasi va «Barselona»ning sobiq futbolchisi Andres Inesta o'zining barcha davrlardagi beshta sevimli futbolchisini ma'lum qildi. Sportskeeda xabariga ko'ra, «ko'k-anorranglilar»ning sobiq yarim himoyachisi Xosep Gvardiola, Xavi, David Silva, Santi Kasorla va Mikael Laudrupni tanlagan.Andres Inesta 1996 yildan 2018 yilgacha «Barselona» tizimida bo'lib, asosiy jamoa safida 674 ta uchrashuv o'tkazgan, 57 ta gol urgan va 136 ta golli uzatma amalga oshirgan. Shuningdek, u Yaponiyaning «Vissel Kobe» jamoasida ham to'p tepib, 134 ta o'yinda 26 ta gol va 25 ta assist qayd etgan. Inestaning so'nggi klubi BAAning «Emireyts» jamoasi bo'lib, u erda 23 ta o'yinda 5 ta gol urgan. Ispaniya terma jamoasi tarkibida Inesta ikki marta Evropa chempioni va Jahon chempioni bo'lgan.
O'qildi: 108 - Fikirlar: 0