"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi o'z faoliyati haqida fikr bildirdi. "Bolaligimda vaqti kelib futbolchilik faoliyatim bunday bo'ladi, deb o'ylamagandim. Bunday kareraga erishishni tasavvur ham qilmaganman. Mening yagona maqsadim professional futbolchi bo'lish va futbol o'ynash edi. Bolaligimdan futbolni yaxshi ko'rardim. Men futbolni yaxshi ko'raman, raqobatni yoqtiraman va g'alabalarni sevaman. Alloh menga bergan va erishgan barcha narsalar uchun undan minnatdorman. Futbolda jamoalar bilan, shu jumladan milliy jamoa bilan ham, shuningdek, shaxsiy sovrinlar borasida ham barcha narsaga erishish baxtiga muyassar bo'ldim. Men bunday narsani so'rashga ham jur'at qilmasdim. Menga Yaratgandan juda ko'p in'omlar oldim. Alloh menga hamma narsani ato etdi va barchasi uchun undan minnatdorman", — dedi Messi Apple Music’ga bergan intervyusida. Eslatib o'tamiz, Messi 2023 yil yozida "Inter Mayami"ga qo'shilgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yil oxirigacha davom etadi.