«Barselona» Ispaniya terma jamoasi va Bilbao «Atletik» vingeri Niko Uilyamsning transferiga rad javobini berdi, deb xabar bermoqda El Nacional.cat nashri.«Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Niko Uilyamsning «Barselona»da o'ynash rejalari barbod bo'lganga o'xshaydi. Garchi «Atletik»ning vingeri o'tgan yozda «Barselona»ning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo'lgan bo'lsa-da, sport direktori Deku uning transferini bekor qilishga qaror qildi. Bu qaror nafaqat klub rejalariga, balki Lamin Yamalning orzusiga ham ta'sir qildi, chunki u o'zining eng yaqin do'sti va terma jamoadagi sherigi bilan bir jamoada o'ynashni xohlagan edi.Lamin Yamal va Niko Uilyams nafaqat maydonda, balki uning tashqarisida ham mustahkam do'stlik o'rnatgan. Ular Ispaniya terma jamoasida ajoyib sheriklikka erishib, «qizil furiya» uchun muhim figuralarga aylandilar. Shuning uchun ko'plab «Barselona» muxlislari ularni birga «Kamp Nou»da ko'rishni orzu qilar edi. Biroq bu orzu amalga oshmadi. Lamin shaxsiy suhbatlarda Nikoning «Barselona»ga o'tishini xohlashini bildirgan bo'lsa-da, Dekuning qarori klubning uning shartnomasidagi 60 million evrolik to'lovni to'lashga tayyor emasligini aniq ko'rsatdi», — deyiladi maqolada.