"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarni kuzatmasligini ma'lum qildi.«Birinchi yili o'qirdim, lekin aynan Evro oldidan Niko [Uilyams] bilan biz haqiqiy ispanmizmi, Laport va Le Norman kabi, degan gap-so'zlar paydo bo'ldi... Shu sababli men ijtimoiy tarmoqlarni kuzatishni to'xtatdim va shu paytdan beri hech narsa o'qimayman, garchi ba'zan do'stlarim menga nimadir etkazib turishsa ham.Agar sen haqingda yaxshi gapirishsa, ko'p hollarda buni seni qo'llab-quvvatlaydigan muxlislar aytadi. Agar yomon gapirishsa – demak, bu raqib jamoa muxlislari. Eng muhimi – sen haqingda murabbiying, sardoring, oilang yoki seni muvaffaqiyatli ko'rishni istaydigan odamlar nima deb o'ylashi. Haqiqiy ahamiyatga ega narsa shu», – dedi «Barselona» vingeri.
O'qildi: 127 - Fikirlar: 0