Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) «Barselona» va «Real» jamoalari o'rtasidagi La liganing qoldirilgan o'yini borasida bayonot bilan chiqdi.«RFEF shuni ma'lum qiladiki, barcha rasmiy uchrashuvlar va ommaviy tadbirlarda bo'lgani kabi biz xavfsizlikni ta'minlash uchun mas'uliyatni o'z zimmamizga olmaymiz.Agar intizomiy choralar talab qiladigan fors-major vaziyat yuzaga kelsa, biz o'yingacha, o'yin paytida va o'yindan keyin amaldagi qoidalar bo'yicha harakat qilamiz.Har doimgidek, RFEF, o'rnatilgan qoidaga ko'ra, hakamlarning «Kamp Nou»ga kelishini nazorat qilish uchun tartibni saqlash organlari bilan hamkorlik qiladi», – deyiladi Federatsiya tarqatgan bayonotda.Avvalroq Kataloniya politsiyasi "klasiko"ni 18 dekabr kuni o'tkazib bo'lmasligini va bu kuni xavfsizlikka kafolat bera olmasligi haqida xabar tarqalgan edi.As tarqatgan xabarga ko'ra esa, hozir politsiya ushbu o'yinni o'tkazish bilan bog'liq muammo yo'qligini ta'kidlab, uchrashuvning xavfsiz o'tishiga kafolat bermoqda. Shuningdek, «Real» o'yinchilari va murabbiylarini mehmonxonadan stadionga olib kelishda xavfsizlik ta'minlanishi aytilmoqda.
11-Dekabr 2019,23:30