Ispaniya La Ligasining 28-turi doirasida Madridning «Atletiko» jamoasi «Barselona»ga qarshi maydonga tushadi. O'yin Madrid shahridagi «Sivitas Metropolitano» stadionida o'tkaziladi. Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari aniq bo'ldi.Ispaniya — La Liga. 28-tur"ATLETIKO" - "BARSELONA"«Atletiko» Madrid: Oblak, Langle, Le Norman, Mandava, Lorente, Barrios, De Paul, Lino, Simeone, Grizmann, Alvares. «Barselona»: Shchensni, Kunde, Kubarsi, Martines, Balde, Pedri, Yamal, Olmo, Rafinya, Kasado, Levandovski. 27 turdan keyin «Atletiko» 56 ochko bilan La Liga turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi. «Barselona» esa 26 o'yindan so'ng 57 ochko to'plagan holda ikkinchi o'rinda joylashgan. Chempionatning amaldagi peshqadami «Real» bo'lib, jamoa 60 ochko to'plagan.