2023 yili hakamlik faoliyatini yakunlagan Mateu Laos "Barselona"ni La Ligadagi chempionlikdan mahrum qilgan xatosi haqida gapirdi. - Laos 2013/14 mavsumining so'nggi turida "Barselona" va "Atletiko" o'rtasidagi bahsda bosh hakam bo'lgan. - Hakamlar Lionel Messining goli ofsayd sababli bekor qilinganida xato qilishgan. - Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan va natijada "Atletiko" chempionlikni qo'lga kiritgan."O'sha payt xato qilganimni endi tushundim. Jamoalar deyarli barcha ko'rsatkichlar bo'yicha teng o'ynagandi, va bitta vaziyat bor ediki, biz Xuanfranning to'pga tegishini payqamadik.Men turgan nuqtadan buni aniqlashning iloji yo'q edi. Hatto qo'l-oyog'imdagi 20 ta barmog'imni o'rtaga qo'yib aytamanki, to'pga Sesk (Fabregas) tekkaniga ishonchim komil edi.Har doim yordamchi hakamning mas'uliyati bo'ladi, lekin bu o'yinda bu jamoaviy hamkorlik haqida edi. Va shu qaror uchun javobgar bo'lgan yagona shaxs men edim", – dedi Laos.
O'qildi: 106 - Fikirlar: 0