Shanba oqshomida "Barselona" Ispaniya La Ligasida "Real" bilan oradagi farqni olti ochkogacha oshirishi mumkin edi. Ammo buni uddalay olmadi. Kataloniyaliklar o'z uyida "Betis"ga qarshi kechgan bahsda faqat durangga erishdi - 1:1.
O'yindan so'ng "Barselona" vingeri Rafinyaning juda jahli chiqdi. Braziliyalik futbolchi emotsional tarzda hakamlarga e'tiroz bildirgan va hatto jamoadoshini tinchlantirishga uringan Mark-Andre ter Shtegenni itarib yuborgan. Mundo Deportivo nashrining xabar berishicha, Rafinya o'z xatti-harakati uchun jazoga tortilmaydi. Gap shundaki, hakam Xil Mansano ushbu holat bo'yicha bayonnomaga yozuv kiritmagan.
Rafinyaning ishi faqat uchinchi jamoa so'rovi yoki Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi intizom qo'mitasining tashabbusi bilan ko'rib chiqilishi mumkin.
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0