"PSJ" hujumchisi Neymar o'zining sobiq klubi "Barselona" ustidan sudga murojaat qildi. Braziliyalik futbolchining da'vo qilishicha, "ko'k-anorranglilar" shartnomada ko'rsatilgan bonuslarni to'lab bermagan. To'rt yillik faoliyat davomida bu summa 3,5 million evroni tashkil qilgan. Neymar Kataloniyadagi faoliyati davomida bu pulni olmagan va sud orqali mazkur mablag'ni undirib olmoqchi. O'z navbatida, "Barselona", Neymar "PSJ"ga o'tib ketgani uchun, futbolchiga to'lab berilgan 14 million evro pulni qaytarishi kerak deb hisoblamoqda. Avvalroq "Barsa" va Neymar o'rtasida sud mojarosi bo'lib o'tgan edi. Ammo yozda futbolchining "Kamp Nou"ga qaytishi borasida muzokaralar ushbu mojarolarni to'xtatib qo'ygan edi. Bundan tashqari, Neymar "Barselona" bilan tuzilgan shartnomaning yana bir bandi bajarilmagani uchun klubdan yana 100.000 evro talab qilmoqda.
13-Dekabr 2019,16:50