Rivaldo Xansi Flikning "Barselona"sini Pep Gvardiola jamoasiga qiyosladi.
Joriy mavsumda kataloniyaliklar La Liga, Chempionlar Ligasi va Ispaniya Kubogida g'alaba uchun kurashni davom ettirmoqda.
"Agar "Barselona" hali o'sha saviyada bo'lmasligi mumkin, lekin juda yaqin.
Bu darajaga etib, mavsumni yaxshi natija bilan yakunlash uchun hali ko'p narsa borligi aniq.
Jamoada hamma narsa bor va u uchta turnirda ham g'alaba qozonishga juda yaqin. Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, "Barselona" barchaning og'zidan tushmasligi aniq.
Futbolchilar maydonda juda hamjihat, bir-birlariga to'p uzatishadi. Bu borada hech qanday muammo ko'rmayapman – yaxshi muhit, murabbiy eng yaxshi futbolchilarni etishtirib beryapti.
U jamoani birlashtirdi, ular birga o'ynashadi va natijalar keladi", - dedi "Barselona"ning sobiq futbolchisi Rivaldo.
O'qildi: 83 - Fikirlar: 0