Seshanba kuni "Inter" va "Barselona" klublari Chempionlar ligasi finaliga ilk yo'llanma uchun maydonga chiqadi.
"Ko'k-anorranglilar" etakchisi Xans-Diter Flik hujum va yarim himoyada birinchi o'yinga nisbatan o'zgarishlarni rejalashtirmayapti: oldinda Rafinya Dias, Ferran Torres va Lamin Yamal, o'rta chiziqda esa Pedri, Dani Olmo va Frenki de Yong ng harakat qiladi, deb xabar beradi Managing Barca. Kichik o'zgarishlar faqat himoyada amalga oshiriladi: chap qanotda nominal markaziy himoyachi Inigo Martines, markazda Ronald Arauxo va Pau Kubarsi, o'ng qanotda esa Erik Garsiya jarohat olgan Jyul Kunde o'rnini egallaydi. Darvozani Voytsex Shesni qo'riqlaydi.
"Inter"ning "Barselona"ga qarshi o'yini Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi. Birinchi uchrashuvda g'olib aniqlanmagandi - 3:3.