Ispaniyaning “Barselona” klubi Evropaning besh etakchi milliy chempionati orasida 21 yoshdan kichik futbolchilarga eng ko'p o'yin vaqti bergan jamoalar uchligiga kirdi. Bu haqda CIES Football Observatory tadqiqoti ma'lum qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, kataloniyaliklar jamoasi umumiy o'yin vaqtining 38%ini yosh futbolchilarga ishongan holda o'tkazgan. Bu ko'rsatkich asosan Lamin Yamal, Pau Kubarsi kabi yoshlar hisobiga to'g'ri keladi. Ushbu ro'yxatda “Barsa”dan yuqorida faqatgina Frantsiyaning “Strasburg” klubi joy olgan — ularda bu ko'rsatkich 59%ni tashkil etadi.
Top-10likka shuningdek quyidagi klublar kirdi: “Reyms”, “RB Leyptsig”, Frankfurtning “Ayntraxt”i, “PSJ”, “Selta”, “Brayton”, “Monako” va “Manchester Yunayted”.
Umumeevropa reytingda (unda 65 ta liga qamrab olingan) esa birinchi o'rin Belgiyaning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi “Lommel” jamoasiga nasib etdi — yosh futbolchilarning o'yin vaqti bu jamoada 69%ni tashkil etgan.