Rivaldoning fikricha, hozirgi "Barselona" ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritadi.
"Agar jamoa tarqab ketmasa, bu "Barsa" ko'plab unvonlarni qo'lga kiritadi. Men Chempionlar ligasida maydonda kurashgan va borini bergan futbolchilar bilan faxrlanaman. Ular ajoyib mavsum o'tkazishdi. Ular finalga chiqa olmagani va g'alaba qozona olmagani juda achinarli.
"Barselona" juda yosh va kelasi yili albatta yana raqobatbardosh bo'ladi. Bu jamoa “Barselona” avvalgidek bo'la olishini va ko'p yillar davomida kuchli bo'la olishini ko'rsatib bo'ldi, bu ko'p jihatdan aynan shu futbolchilarning yoshiga bog'liq. Bu futbolchilar allaqachon katta tajribaga egadek o'ynashadi.
Agar bu jamoa bir necha yil tarqab ketmasa, albatta muhim unvonlarni qo'lga kiritadi, ayniqsa, muxlislar juda istaydigan Chempionlar Ligasini”, - dedi “Barselona”ning sobiq hujumchisi.